Перейти к содержимому
XALQARO TA'LIM

Turkiya Diniy Grantlari

Эта информация пока доступна только на языке: O'zbekcha.

Turkiya Diniy Grantlari

Bu Grant dasturining o’zi nima

Turkiya davlati islom dini universitetlari va liseylari Grant dasturlari Turkiyaning Xalqaro Grant dasturi bo’lib, Turkiyaning Xalqaro toifadagi davlat Imom Hatip Liseylarida maktab o’quvchilariga xalqaro umumiy o’rta ta’lim berish, hamda nufuzli Universitetlarida Islom dini mutaxassisliklari bo'yicha Bakalavr, Magistr, Doktor darajasidaoliy ta'lim berish uchun mo'ljallangan xalqaro dasturlardir.

Ushbu dastur Turkiyaning eng yuqori salohiyatli 12 ta Xalqaro Imom Hatip Liseylarida, 8 ta xalqaro Universitetida har yili tashkil etiladigan 100% lik Grant asosida to’liq bepul (o’qish, yotoqxona, yashash, borib kelish va boshqa xarajatlari bepul) tahsil olish imkoniyatini beradi.

Grant dasturi kim tomidan tashkil etilmoqda

Turkiya davlati tomonidan, Turkiya Xalq talimi vazirligi, Turkiya oliy talim vazirligi, Turkiya diniy idorasi va jamg'armasi tomonidan hamkorlikda tashkil etiladi.

Turkiya islom dini universitetlari va liseylari Grantlari dasturining maqsadi

Turkiya davlati tomonidan turli musulmon mamlakatlarning ijtimoiy, ilmiy va iqtisodiy, diniy va boshqa sohalarini rivojlantirishga zarur malakali kadrlarni tayyorlab berish orqali ushbu mamlakatlardagi ijtimoiy, iqtisodiy, ilmiy va diniy hayotni rivojlantirishga hissa qo’shishdir.

Talabalar uchun ajratilgan Grantlar o’rin soni: Turkiya islom dini universitetlari va liseylari dasturlarida har yili 1000 dan ortiq kishiga grant berilmoqda.

USHBU XALQARO GRANT DASTURI NIMALARNI QOPLAYDI

Ushbu grant dasturlari Turkiyaning xalqaro Litsey va Oliy ta’lim universitetlarida Litsey, Bakalavr, Magistratura, Doktorantura ta’limi bosqichlari uchun mo’ljallangan dasturlar bo’lib, ular quyidagi xarajatlarni 100% ta'minlab beradi;

  1. Lisey/Universitetlarga tanlov va joylashtirish;
  2. Lisey/Universitetlarda o’qish uchun har yillik o’qish to’lovlari:
    • Lisey/maktab ta’limi uchun – (4) yil mobaynida;
    • Bakalavriat ta’limi uchun - (4+1) yil mobaynida;
    • Magistrartura ta’limi uchun – (2+1) yil mobaynida;
    • Doktorantura ta’limi uchun – (4+1) yil mobaynida;
  3. Butun o’qsih davri uchun har oylik stipendiya (liseyda 50 dollar, Bakalavrga 80, Magistrga 120, doktorantga 180 dollar);
  4. Yashash uchun yotoqxona bilan ta’minlash har yili;
  • 5- Bepul ovqatlanish (liseyda 3 mahal, universitetlarda 2 mahal);
  1. Tibbiy xarajatlari uchun tibbiy sug’urta har yili;
  2. Tayyorlovchi turk tili kursi (1 yillik, agar Turk tilini bilmasa);
  3. Universitet va talim jarayonida turli madaniy va sayohat tadbirlari;
  4. Samolyot aviachiptasi (Turkiyaga har yili borish va qaytish uchun)

Grant qoplab beradigan moliyaviy miqdorlar: Talabalarning o’qishi va yashashi uchun ketadigan yuqoridagi barcha xarajatlar har universitetlar uchun har xil bolib universitet va yo'nalishlar turiga ko’ra butun o’qish davri uchun o’rtacha jami 20 000 dan - 40 000 dollargacha xarajatlar Grant tomonidan qoplab TO'LAB BERILADI.

Qabul shart va talablari:Qabul SINOVSIZ. Qabul Turkiyaning qabul bo'yicha vakolatli komissiyasi tomonidan topshirilgan hujjatlarning ko’rib chiqilishi asosida tanlab olinadi.

Qabul tanlovi asosi: Talabalikga nomzod bo’lib hujjat topshirganlarning akademik baholari, maktab va universitet vaqtida olgan bazi yutuqlari, o’qishdan maqsadlari, keyingi rejalari, niyat maqsadlarini ko’rib chiqib, Turkiya maxsus komissiyasi tomonidan tanlab olinadi. Muvaffaqiyatli qabul uchun qaysi va qanday hujjatlarni to'g'ri shaklda tayyorlash va tayyorlangan malumotlarni maxsus portalga Turk yoki Ingliz tilida to'g'ri joylashtirib jo'natish muhimdir.

Grantga topshirishda chet tili bilish talabi

Chet tili bilish va sertifikatlari talab qilinmaydi. Sababi, Turk va Ingliz tili bo'yicha Grantga qabul qilgan universitetlarning o'zida 1 yil davomida Turkcha tayyorgarlik kursi qo'shimcha bepul o’qitiladi.

Grant dasturida qatnashayotgan litsey va universitetlar soni: Turkiyaning 12 ta Xalqaro Litseyi, 8 tanufuzli Universitetlari har yili ushbu grant dasturida talaba olmoqda.

Grant dasturida qabul etiladigan soha / yo'nalishlar

Litsey dasturida – 9-12 siniflar uchun mo’ljallangan dunyoviy va diniy bilimlarga asoslangan Umumiy o’rta ta’lim dasturi beriladi.

Universitetlar dasturida – Islom dini mutaxassisliklari bo’yicha Bakalavr, Magistr, Doktorantura bosqichlari uchun mo’ljallangan oliy ta’lim dasturi beriladi.

Murojaat uchun nomzodlardan talab: Har yili qabul e’lon qilingan muddat davomida sistemada talab qilingan hujjatlarni to’g’ri, yetarli, kamchiliklarsiz va kerakli tarzda tayyorlash, keyin ularni maxsus sistemaga to’g'ri joylashtirish hamda Turkiya qabul komissiyasiga jo'natib topshirishdan iborat.

USHBU GRANTGA MUROJAT QILUVCHILARDA TALAB QILINADIGAN BA’ZI TALAB VA MEZONLAR

  1. MINIMAL AKADEMIK MEZONLAR:
  • Litsey/maktab talabgorlari uchun minimal akademik baho o’rtalamasi: 100 ballik sistemada minimum 70 ball (5 baholik sistemada o’rtacha 3,5) va undan yuqori bo'lishi kerak
  • Bakalavr talabgorlari uchun minimal akademik baho o’rtalamasi: 100 ballik sistemada minimum 70 ball (5 baholik sistemada o’rtacha 3,5) va undan yuqori bo'lishi kerak.
  • Magistr va doktorantura uchun minimal akademik baho o’rtalamasi: 100 ballik sistemada minimum 70 ball (5 baholik sistemada o’rtacha 3,50) va yuqori bulishi kerak.
  1. MINIMAL YOSH MEZONLARI:
  • Lisey/maktab dasturlari uchun 15 yoshdan oshmaslik (yani 01.01.2008 dan keyin tug’ilganlar)
  • Bakalavr dasturlari uchun 21 yoshdan oshmaslik (yani 01.01.2003 dan keyin tug’ilganlar)
  • Magistrlik dasturlarida 30 yoshdan oshmaslik (yani 01.01.1994 dan keyin tug’ilganlar)
  • Doktorlik dasturlari uchun 35 yoshdan oshmaslik (yani 01.01.1989 dan keyin tug’ilganlar)
  1. KIMLAR HUJJAT TOPSHIRA OLADI:
  • Litseyga – hozirgi vaqtda maktabning 8-sinifida o’qiyotgan o’quvchilar hujjat topshira oladilar;
  • Bakalavriatga – hozirgi vaqtda maktabning 11-sinf, litsey kollejlarning 2-kursida o’qiyotgan o’quvchilar hamda ularni oldin tugatgan nomzodlar hujjat topshira oladilar (yani maktab va litseylarni tugatganlar va shu o'quv yilining oxirida (2024 yilda) bitirishi mumkin bo'lgan barcha bitiruvchilar ham);
  • Magistraturaga - Bakalavriatning 4-kursida o’qiyotganlar va uni oldin tugatganlar (tugatganidan 2 yildan oshmagan bo'lishi kerak);
  • Doktoranturaga – Magistraturaning 4-kursida o’qiyotganlar va uni oldin tugatganlar (tugatganidan 2 yildan oshmagan bo'lishi kerak);;
  • Yuqoridagi talablarga to'g'ri kelgan barcha mamlakatlar fuqarolari
  1. QUYIDAGI HOLATDAGILAR HUJJAT TOPSHIROLMAYDI:
  • § Turkiyada yashab qolishni rejalashtirgan bo’lsa;
  • § Turkiya maktabida o’qiyotgan bo’lsa;
  • § O’qishga xalaqit beruvchi kasalligi bo’lsa;
  • § Oilasi yoki o’zi ayni vaqtda Turkiyada yashayotgan bo’lsa;

§ Oldin sudlangan yoki intizomiy chora ko’rilgan bo’lsa.

  • Ayni vaqtda Turkiyadagi litsey yoki universitetlarning birida o’qiyotgan bo’lsa.
  • Grantning foydalanuvchilarga amal qilish muddatlari:

Litsey/maktab uchun grant muddati: 4 yil (1 yillik turk tili tayyorlov kursi ichida) Litseyda o’qish (9-10-11-12 sinf dasturi);

Bakalavrlar uchun grant muddati: 4 yil (1 yillik turk tili tayyorlov kursi olsa 5 yil) Universitetda o’qish;

Magistrlar uchun grant muddati: 2 yil Magistratura (1 yillik turk tili tayyorlov kursi olsa 3 yil);

Doktorantura uchun grant muddati: 4 yil Doktorantura (1 yillik turk tili tayyorlov kursi olsa 5 yil).

O’Z KELAJAGI VA KARYERASI UCHUN CHET ELDA LITSEY, BAKALAVR, MAGISTR, DOKTORANTURA TA’LIMINI ORZU QILIB YURGANLAR;

Chet elda ta’lim olishni istab ammo moddiy sabablar tufayli orzusini amalga oshirolmayotganlar uchun katta imkoniyat bo’lgan ushbu Turkiya davlati grantlari dasturlariga bu yilgi qabul 2024 yil 15 Martda yopiladi.

Kechikmang, harakat qiling, urinib koring, hujjat topshiring va grant talabalaridan biri bo’lishga harakat qiling.

UNUTMANG

  • O’quvchi, talaba va bo’lajak olimlarni har yillik o’qish va yashash xarajatlarini ta’minlovchi katta moliyaviy dastak va imkoniyatga ega bunday GRANT DASTURI;
  • sinovsiz, tulovsiz, majburiy til sertifikatisiz bunday GRANT QABULI;
  • uydan chiqmasdan hujjat topshirish imkonini beruvchi bunday GRANT HUJJAT TOPSHIRISH jarayoni qadrini biling va Turkiyada xalqaro ta’lim olish ishtiyoqingiz jiddiy bo’lsa tezda va jiddiy harakat qiling.

UNUTMANG

Agar, ertaga yaxshi mutaxassis, imkoni keng inson bo’lishni istasangiz, shunday rivojlangan davlatlardagi yaxshi va imkoni keng universitetlarda tahsil oling.

Maqsad va orzularingiz tomon doim harakat qiling, o’qing, o’rganig va erishing.

Bu kabi turli Grant dasturlari esa bu ta’lim olish yo’lingizdagi moliyaviy dastaklar bo’lib, ulardan xoh foydalaning xoh foydalanmang, ammo bilim olib yaxshi mutaxassis bo’lish uchun doimo izlanishda bo'ling.

Unutmang, doimo imkoniyatlarni izlagan o’z imkonlarini mutlaqo topadi.

“Beshikdan qabrgacha ilm izlang”. “Chinda bo’lsa ham ilm oling” (Hadislardan)

Bu XALQARO GRANTGA murojaat qilish, kerakli hujjatlarni tayyorlash va topshirish uchun bizga murojaat qiling

  • Ushbu Grantlar buyicha qanday hujjat topshirish uchun kanalga qayting: https://t.me/XalqaroTalimMarkazi
  • Turkiya va Evropa davlatlari turli universitetlariga kontraktli o'qishlar haqida ma'lumotlar uchun saytdan malumot oling
  • Telegramda savollar uchun: https://t.me/Yoqub_TA
  • Murojaat uchun Tel.: +99890 9115059 / 9115659; Yoqub Tursunovich