Bu bilgi şu anda yalnızca O'zbekcha dilinde mevcuttur.

NIMA UCHUN TURKIYADA TA’LIM OLISHNI TAVSIYA ETMOQDAMIZ.
Sizda Turkiyada o'qish uchun juda ko'p sabablar bor. Avvalo, Turkiyaning shaharlari o’ziga xos tabiiy, madaniy va ma'naviy, dunyo e'tiborini tortgan iqtisodiy, transport va ijtimoniy xususiyatlari bilan dunyo talabalarining diqqatini o’ziga tortuvchi bir markazdir.
- SIFATLI OLIY MA'LUMOT OLISH IMKONIYATLARI
Turkiya oliy o'quv yurtlariga qabul qilish darajasi yuqori darajalarni tashkil etib, bu borada dunyodagi ikkinchi davlatdir. Turkiya Universitetlari Evropa oliy ta'lim sohasidagi hamkorlikka a’zo bo’lib, Evropa oliy ta'lim muassasalarining umumiy talabi bo’lgan Bolonya jarayonini o’zida mukammal tarzda amalga oshirayotgan eng yaxshi davlatlardan biri hisoblanadi; Turkiya OTMning Bolonya talablari bo’yicha hisoboti 5 ballik sistemada eng yuqori 5 balni tashkil etadi. Shunday qilib, siz Turkiyaning barcha Evropa mamlakatlarida tan olingan universitetidan diplom olasiz!
Diqqat qiling, yani Turkiyaning bir Universitetidan olingan diplom Evropa davlatlarida tan olinadi.
Dars kredit tizimi sifatida ECTS Evropaga muvofiq qo'llaniladi va barcha talabalarga Diplom ilovasi beriladi. Bundan tashqari, Turkiya Evropa hamkorligi davlatlari tomonidan tashkil etilib boshqariladigan Erasmus + dasturining almashinuv dasturida ishtirok etgan eng muvaffaqiyatli mamlakatlardan biridir. Bundan tashqari, Erasmusga qo’shimcha tarzda Turkiyada talabalar va o’qituvchilarining harakatchanligini qo'llab-quvvatlaydigan Mavlana, Farobiy kabi ko'plab o’z almashinuv dasturlariga ega.

- Universitet va dasturlarning xilma-xilligi
Turkiyaning 83 million aholisi bo'lib, 210 universitet mavjud. 210 Universitetning 140 tasi davlat, 70 tasi xususiy universitetlar bo’lib, ularni bitirgan talabalarga beriladigan diplomlar Bolonya shartnomasi talablariga ko’ra Evropa hamkorligining barcha davlatlarida o’tuvchi xalqaro diplomlar hisoblanadi. Ushbu barcha 210 universitetlardagi talabalar soni 8 millionga yaqin. Talabalar soni bo’yicha Turkiya Evropa davlatlari oliy ta'lim sohasida eng ko'p talaba bo'lgan birinchi o’rindagi mamlakatdir. Uhsbu 210 ta universitetda jami 58 092 ta turli xil o’quv dasturlari mavjud. Bunday xilma-xil mutaxassislilar orasidan siz, albatta, o'zingiz uchun maqul universitet va dastur topaolasiz.
- Ko'p madaniyatli hayot
Ming yillar davomida tuproqlarida ko'plab tsivilizatsiyalarga mezbonlik qilgan Turkiya deyarli madaniy mozaika mamlakat hisoblanadi! Sanoqsiz tsivilizatsiyalar joylashgan bu mamlakatda hamma bir-biriga nisbatan bag'rikeng va hurmatlidir. Ildizingizning bir qismini topishingiz va ehtimol siz Turkiyada o'z tilingizda gaplashadigan odamlarni uchratishingiz mumkin, bu xavfsiz va huzurli tinch muhitga ega o’lka talabalar uchun juda mos ta’lim olinadigan o’lkadir.
- Tabiiy go'zalliklar
Butun hududining 3 tomoni dengizlar bilan o’ralgan va tabiatning to'rt faslini yashaydigan Turkiya, tabiiy go'zalligi bilan dunyo miqyosida obro'-e'tibor qozongan. Butun dunyo insonlari dengiz plajlarida dam olishga oshiqadigan Turkiyaning Antalya, Bodrum, Kemer, Izmir kabi yuzlab dengiz kurortlarining nomini eslashni o’ziyoq siz qanday jannatmakon va barchaning orzusidagi bir mamlakatda o’qishning sehrli tomonlarini bildiradi. Bu o’lkada ta’lim olish davomida Turkiyani o'rab turgan dengizlarda suzish va suv sportlaridan bahramand bo'lishingiz mumkin, tog'larda maxsus chang'ida uchishingiz, daryolarda rafting qilishingiz va ko'plab ekstremal sport turlari bilan shug'ullanishingiz mumkin. Turkiyada o’zingizni jannatdagi kabi his qilib, bu tabiiy go'zalliklar sizni faqat o'z qarashlari bilan maftun etganini his qilasiz!

- Tarixiy va madaniy meros
Uzoq tarixga asoslangan, minglab tarixiy va madaniy yodgorliklar mavjud bo'lib, ularning aksariyati Turkiyada YUNESKO ning madaniy merosi sifatida muhofaza qilinadi. Kundalik hayotingizda ham, siz tez-tez uchratishingiz mumkin bo'lgan tarihiy madaniy izlarga ergashishni xohlaysiz! Ming yillar tarihi va mahobatini o’zida mujassam etgan Istanbul va Izmirning tarihiy obidalari, Kappadokiyaning hayratli qoya obidalari, mashhur Bosfor va Dardanel dengiz bo’g’ozlari, Odesseydan ma’lum bo’lgan tarihiy Troya shahri va oti kabi Grek, Rim, Turk va Islom madaniyati tarihidan darak beruvchi mo’jizalar yurtida ta’lim olish va yashash har bir insonning takrorlanmas orzularidan biridir.
- Talabalar bilan do'stona munosabatda bo'lish
Har bir shaharda eng kamida bitta universiteti bo’lgan Turkiya talabalarga do'st o’lkadir! Har bir universitetdagi ijtimoiy klublar, sport jamoalari va madaniy tadbirlar talabalarni birlashtiradi va uzoq geografiyalarni yaqinlashtiradi. Siz Turkiyaga kelganingizda, shaharlarning eng aktiv joylarining talabalar ijtimoiy faollashadigan joylari ekanligini tushunasiz . Talabalar dam oladigan kafe, restoran va kutubxonalar tufayli shaharlar 24 soat yashashini guvohi bo’lasiz. Turli mamlakatlardan kelgan talabalar bilan do’stlashish keyingi ish hayotingizda sizga doimo yangi imkoniyatlar ochishi shubhasiz.
- Mehmondo’st Turk xalqining talabalarga munosabati
Turk xalqining mehmondo'stligi butun dunyoda afsonaga aylangan! Talaba sifatida, agar yordam so'rasangiz, odamlar qo'llaridan kelgancha va chin dildan yordam berishga harakat qilishadi. Turklar sizni mehmon sifatida kutib olishadi va sizni qoniqtirish uchun ko'plab taomlar tortiq etiladi. Bu erda uyingizni sog'inmasligingizga ishonch hosil qilasiz! Turk madaniyati va Islom dini talablariga ko’ra davlat va xalq talabaning har doim dastakchisi va do’sti ekanligini guvohi bolasiz.

- Zamonaviy texnologik talaba shaharchalari
210 ta oliy o'quv yurtlarining qaysi birida o'qisangiz ham, eng zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan zamonaviy va qulay talaba shaharchalari, yani universitet kampus hayotini boshdan kechirasiz. Bunday talaba kampuslari, talabalarni ideal bir zamonaviy ta’lim va yashash imkoniyatlari bilan ta’minlaydi. Universitetlar har tomonlama zamonaviy va qulay binolar, yollar va transportlar, yotoqxonalar va kafelar, kutubxonalar va boshqa turli barcha kerakli tuzilmalar bilan ta’minlangan.
- Yashash sharoitining arzonligi
Turkiyada hayot aksariyat mamlakatlarga qaraganda ancha arzon va tejamkordir. Siz turar joy, oziq-ovqat va ichimliklar va ko'ngil ochish kabi ehtiyojlaringizni arzon narxlarda qondirishingiz mumkin. Siz universitet kampuslaridagi yotoqxonalarda yoki yaqindagi yotoqxonalarda turishingiz yoki istasangiz shaxsiy uylarni ijaraga olishingiz ham mumkin. Shuningdek, qaysi birini talaba sifatida tanlasangiz, talabalar uchun maxsus chegirmali narxda olishingiz mumkin.
Turkiya hududi ham Osiyo va hamda Evropa qit’larida joylashgani mamlakat bo’lgani uchun Turkiyaga kelish va ketish eng qulaydir. Ko'plab diqqatga sazovor joylarga ega Turkiyada qaysi joyga bormoqchi yoki sayohat qilmoqchi bolsangiz xohlagan joyingizga eng zamonaviy transport vositalarida tez va qulay shaklda yurishingiz mumkin.
- Turk tilini o'rganish imkoniyatlari
Turkiyadagi universitetlarda ko'plab dasturlar ingliz tilida. Turk tilidagi dasturlar esa juda ko’pchilikdir. Shuningdek, siz dunyoning eng ko’p ishlatiladigan 5-tili hisoblangan turkchani mukammal o'rganishingiz mumkin! Siz o'zingizning universitetingiz tomonidan o’qitiladigan Turk tili tayyorlov kurslarida yangi tilni to’liq o'rganish va chet mamlakatlardan kelgan turli xil madaniyat vakillari bilan do'stlashish imkoniyatiga ega bo'lishingiz, do’stlar ortirishingiz mumkin.

